Koʻchma kutubxona

📚2026-yil 2-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasida joylashgan “Sihat Salomatlik FARM” MCHJga qarashli shaxsiy kutubxonadagi “Namunaviy ko‘chma kutubxona” fondi foydalanuvchilarning talab va istaklari asosida yangilandi. 🔰Tadbir davomida yaratilgan imkoniyatlar kitobxonlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, onalar ham faol ishtirok etib, kitob inson uchun eng yaqin va ishonchli do‘st ekanligini ta’kidladilar.