📚"KITOBXON DAVLAT XIZMATCHISI" AKSIYASI DOIRASIDA TADBIR O'TKAZILDI✨ 📅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori hamda Jizzax viloyati hokimining 2026-yil 26-yanvardagi yig‘ilish bayoniga asosan Mirzacho‘l tumanida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda "Viloyat hokimi kubogi" uchun “Kitobxon davlat xizmatchisi” nomli kitoblar aksiyasi tashkil etildi. 🔰Aksiya doirasida tuman tashkilotlari, davlat muassasalari hamda tadbirkorlik subyektlari jalb qilinib, kitob aksiyalari o‘tkazildi. Ushbu jarayonda kutubxona fondini boyitish, kitob almashinuvini yo‘lga qo‘yish va aholining, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirlar tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va mutolaa madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.