Davra suhbati

📚Joriy yilning 2-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar o‘rtasida “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan Daniyalik mashhur yozuvchi Xans Kristian Andersen tavalludiga bag‘ishlangan “Xans Kristian Andersen- bolalar qalbining sevimli adibi” nomli davra suhbati tashkil etildi. 🔰Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan yozuvchining hayoti va ijodi, uning bolalar adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, adibning mashhur ertaklari — “Qor malikasi”, “Suv parisi”, “Bulbul”, “Yomon o‘rdakcha” kabi asarlari haqida suhbat olib borildi. ✅Yosh kitobxonlar ertak qahramonlari, ularning fazilatlari va asarlardagi tarbiyaviy g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir davomida kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, ishtirokchilar Andersen asarlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.