📚2026-yil 2-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash maqsadida “Temuriylar renessansi javoni” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🔰Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad - kitobxonlar, ayniqsa yosh avlodga Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va san’atning yuksalish jarayonlarini keng targ‘ib etish, ularda milliy tariximizga bo‘lgan qiziqish va hurmat tuyg‘ularini oshirishdan iboratdir. Mazkur ko‘rgazma kitobxonlarda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.