Payshanba-Yoshlar kuni

#Payshanba_yoshlar_kuni 📚Joriy yilning 2-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir markaz jamoasining kasbiy salohiyatini oshirish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda zamonaviy kutubxonachilik faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratildi. 🔰Shuningdek, xodimlar bugungi kunda yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlari, ularning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, innovatsion xizmat turlarini joriy etish masalalari keng muhokama qilindi. yoshlarni kitob oʻqishga jalb etishning yangi usullari, targʻibot ishlari va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar bildirildi.