“Siyosiy-ma’rifat soati”

Joriy yilning 3-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✅Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar, so‘nggi yangiliklar hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularning dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiluvchi muhim ma’lumotlar berildi.