📅2026-yil 3-aprel kuni buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan 3-maktabda “Sohibqiron shaxsiyati kitoblardagi haqiqat” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma axborot-kutubxona xodimlari tomonidan tashkil etilib, unda Amir Temur hayoti, davlat boshqaruvi, harbiy san’ati hamda boy ma’naviy merosiga oid turli tarixiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish qilindi. Ko‘rgazmaga jami 60 nusxa kitob qo‘yildi. 🔰Tadbir davomida o‘quvchilarga kitoblar yuzasidan qisqacha sharhlar berildi va ular faol ishtirok etishdi. Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda milliy merosimizga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlashga xizmat qildi.