Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi fondi 276 nomda, jami 600 nusxada yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Mazkur kitoblar asosida 2026-yil 6-aprel kuni 3-maktabda “Yangi adabiyotlar” koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada badiiy adabiyotlar, bolalar adabiyoti, tarixiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar keng oʻrin oldi. Ushbu kitoblar oʻquvchilarga tanishtirilib, ularning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini oshirish, mustaqil mutolaa koʻnikmalarini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi. 🔰Tadbir davomida oʻquvchilarga yangi kelib tushgan adabiyotlar mazmuni haqida qisqacha maʼlumotlar berildi va ularni kitob mutolaasiga jalb etish targʻib qilindi. Web sayt (http://mirzacholakm.uz/) |YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCtPS7RSE10r2691hIdOkQQg/featured) | Facebook (https://www.facebook.com/groups/2783414248651805/?ref=share)| | Instagram (https://www.instagram.com/mirzachol_akm?r=nametag) | Telegram (https://t.me/MT_AKM)