#zakovat

📅Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida 14 hamda 17-maktab oʻquvchilari ishtirokida “Sohibqiron vorislari” nomli zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi. Intellektual oʻyin davomida ishtirokchilar Sohibqironning hayoti, harbiy yurishlari, davlat boshqaruvi, shuningdek, temuriylar davri madaniyati va ilm-faniga oid savollarga javob berib, oʻz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. 🔰Tadbir qiziqarli va murosasiz bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Ishtirokchilar oʻzaro jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va topqirliklari bilan ajralib turdilar. Yakuniy natijalarga koʻra, “Topqirlar” jamoasi faxrli 1-oʻrinni, “Zukkolar” jamoasi 2-oʻrinni, “Bilimdonlar” jamoasi esa 3-oʻrinni egalladilar. Tadbir soʻngida gʻolib va faol ishtirokchilar Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Web sayt (http://mirzacholakm.uz/)   |YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCtPS7RSE10r2691hIdOkQQg/featured) | Facebook (https://www.facebook.com/groups/2783414248651805/?ref=share)|    | Instagram (https://www.instagram.com/mirzachol_akm?r=nametag) | Telegram (https://t.me/MT_AKM)