Ekskursiya

2026-yil 7-aprel kuni Axborot-kutubxona markazida Gulzor mahallasi yoshlari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyadan maqsad – foydalanuvchilarni kutubxona faoliyati, mavjud xizmatlar, fond tarkibi hamda ko‘rsatilayotgan xizmat turlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. 🔰Ekskursiya davomida kitobxonlarga abonementlar o‘quv zali, axborot-bibliografiya xizmati hamda bolalar adabiyoti burchagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kutubxona fondining shakllantirilishi, kitoblarni saqlash tartibi, an’anaviy kataloglardan foydalanish qoidalari tushuntirildi. ✅Tadbir yakunida kitobxonlarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, yangi kelgan adabiyotlar hamda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Ekskursiya mazmunli va samarali tashkil etildi hamda ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.