#ko'rgazma

#Koʻrgazma 📚Joriy yilning 7-aprel kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-sonli texnikumi talabalariga milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi "Yoshlar qalbida milliy qadriyatlar targ'iboti"mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Mazkur ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni o‘rganish hamda ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ma’naviy barkamollik tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 🔰Ko‘rgazmada xalqimizning urf-odatlari, an’analari, odob-axloq, milliy tarbiya, buyuk allomalarimiz hayoti va ijodiga bag‘ishlangan turli adabiyotlar o‘rin oldi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar kitoblar mazmuni bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.