📚Sohibqiron tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Bog‘bon" mahalla yoshlari hamda faol kitobxonlar ishtirokida “Temur tuzuklari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, faoliyati hamda uning “Temur tuzuklari” asaridagi davlat boshqaruvi, adolat, tartib-intizom va vatanparvarlik haqidagi fikrlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🔰Ishtirokchilar ushbu asarning mazmun-mohiyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir qizg‘in savol-javoblar va kitob targ‘iboti bilan davom etdi. Mazkur taqdimot yoshlarni milliy merosga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tarixiy shaxslarimiz merosini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.