📚Joriy yilning 8-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 10-maktab hamkorligida nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Kitob – qalb chirog‘i, ma’naviyat poydevori” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Ko‘rgazmada turli yo‘nalishdagi badiiy va ilmiy adabiyotlar namoyish qilinib, ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. 🔰Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirish maqsadida suhbatlar o‘tkazildi. ✅Nuroniylar tomonidan esa hayotiy tajribalar asosida kitob mutolaasining foydasi haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish va kitobxonlikni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.