#Tirik_kitob_bilan_uchrashuv 📚Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi direktori bugungi kitobxonlarning qiziqish doirasi, ularni o‘ziga jalb etayotgan zamonaviy va badiiy adabiyotlar, yoshlar orasida ommalashayotgan kitoblar haqida fikr almashish maqsadida "Tirik kitob", "Jonli ensiklopediya" nomlari bilan mashhur bo‘lgan Xayrulla Asadov bilan uchrashdi. ✅Uchrashuv davomida nafaqat kitobxonlarning ehtiyoj va qiziqishlarini chuqur o‘rganish, balki kelgusida yanada samarali loyihalarni amalga oshirish, kitob fondini boyitish hamda kitobxonlarga zamonaviy va dolzarb adabiyotlarni yetkazib berish masalalari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashildi. 🔰Shu bilan birga, kutubxonaga tashrif buyuruvchilar uchun quvonchli yangilik sifatida, kitobxonlarning zamonaviy talab va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yangi kitoblar to‘plami xarid qilindi.