#koʼchma_kutubxona 📚2026-yil 8-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Gulzor mahallasida joylashgan 19-maktabda ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilanib, koʻchma kutubxona foydalanuvchilari ishtirokida buyuk sarkarda va mohir davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 🔰Mazkur tadbirda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, Amir Temurning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi donoligi hamda harbiy san’atdagi beqiyos mahorati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Suhbat davomida Sohibqironning adolatparvarlik siyosati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida ta’kidlab o‘tildi. 🎤 Tadbir qizg‘in savol-javoblar, qiziqarli fikr almashuvlar ruhida o‘tib, yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.