#Ekskursiya 📚2026-yil 9-aprel kuni yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularni axborot-kutubxona resurslari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida Mizadala mahalla yoshlari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxonaning asosiy faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, axborot-bibliografiya faoliyati, ya’ni adabiyotlarni qidirish, tanlash, bibliografik ko‘rsatkichlardan foydalanish, katalog va kartotekalar bilan ishlash tartibi haqida tushuntirishlar berildi. 🔰Yoshlar badiiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar. O'quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ularga mustaqil ravishda axborot izlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.