Ko'rgazma

#Koʼrgazma 📚2026-yil 9-aprel kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Toshkent mahallasida joylashgan chegara postidagi harbiy xizmatchilari ishtirokida "Tarix sahifalaridagi buyuk siymolar" nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔰Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. 🔰Ko‘rgazmada badiiy adabiyotlar, vatanparvarlik ruhidagi asarlar, tarixiy kitoblar hamda zamonaviy adabiyot namunalari namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilari kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ✅Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar harbiy xizmatchilarning bilimini oshirish, ularda Vatanga sadoqat va kitobga muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.