#koʼchma_kutubxona 📚Joriy yilning 9-aprel kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikumda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilanib, sayyor tadbir tariqasida tashkil etildi. 🔰Tadbirning asosiy maqsadida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli yo‘nalishdagi badiiy, ma’rifiy va tarbiyaviy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi. 🔰Yangilangan ko‘chma kutubxonadan o‘quvchi-yoshlar o‘z qiziqishlariga mos adabiyotlarni tanlab, kitoblar mazmuni bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Sayyor tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, ma’naviy kamolotdagi ahamiyati hamda mutolaaning foydasi haqida suhbatlar o‘tkazildi.