#Payshanba_yoshlar_kuni 📚 Joriy yilning 9-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" munosabati bilan 5-maktab yoshlariga tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida o‘tkazildi. 🔰Tadbir davomida yosh kitobxonlarga kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar, bolalar uchun mo‘ljallangan qiziqarli va ibratli kitoblar tanishtirildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida kitob mutolaasi, bilim olishning ahamiyati hamda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni haqida suhbatlar olib borildi. ✅Yoshlar tadbir davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sevimli kitoblari haqida fikr almashdilar. Bunday tadbirlar yosh avlodni kitobga mehr qo‘yishga, ularning tafakkurini kengaytirishga va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.