#koʼchma_kutubxona 📚Joriy yilning 9-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Paxtazor” mahallasida joylashgan 9-maktab kutubxonasida tashkil etilgan ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi hamda shu munosabat bilan “Kitob – ma’naviyat va bilim manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 🔰Tadbir davomida o‘quvchilarga kitob mutolaasining inson hayotidagi o‘rni, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, kitob orqali bilim va tafakkurni boyitish haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. ✅Shuningdek, kutubxona fondi yangi va qiziqarli adabiyotlar bilan boyitilib, kitobxonlar uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, sevimli kitoblari haqida fikr almashdilar hamda mutolaa madaniyatini rivojlantirish borasida tavsiyalar berildi.