Ekskursiya

#Koʻrgazma 🖥2026-yil 13 aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida tashrif buyurgan mehmonlar uchun yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, huquqiy hamda bolalar adabiyotlariga oid turli sohalardagi 300 nusxadan iborat yangi kitoblar namoyish etilib, ishtirokchilarga batafsil tanishtirildi. Kitoblar mazmuni, mualliflari va ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, mehmonlarning e’tiboriga havola etildi. 🔻Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning yangi adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.