#ochilish_marosimi

#ochilish_marosimi 🖥2026-yil 13-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir aholining, ayniqsa yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi. 🔻Tadbirni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi direktori kirish so‘zi bilan ochib berib, haftalik davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u o‘z nutqida kitob inson tafakkurini boyituvchi, ma’naviy olamini yuksaltiruvchi bebaho manba ekanligini alohida ta’kidladi. 🔻Tadbir davomida “Sihat salomatlik farm” MChJga qarashli shaxsiy kutubxona rahbari Qodirov Abdug‘affor so‘zga chiqib, bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. U kitob inson hayotida muhim o‘rin tutishini, ayniqsa yoshlar tarbiyasida uning o‘rni beqiyos ekanligini alohida qayd etdi. 🔻Mazkur tadbirda faol kitobxonlar, yoshlar hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan iliq fikrlarini bildirdilar. Tadbir davomida kitobga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi, badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda musiqiy kecha tashkil qilinib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. ✔️ Tadbir yuqori saviyada, mazmunli va qiziqarli tarzda tashkil etilib, unda ishtirok etgan barcha kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida hafta davomida turli manaviy - marifiy tadbirlar, davra suhbatlari, kitob taqdimotlari uchrashuvlar va korgazmalar tashkil etilish rejalashtirilgan bolib, bunday tadbirlar izchil davom ettiriladi.