#Ekskursiya 🖥Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Bog‘bon mahalla yoshlari uchun ekskursiya tashkil etildi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda axborotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. ➡️Ekskursiya davomida ishtirokchilarga axborot-bibliografiya xizmati faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni izlab topish, bibliografik qoʻllanmalardan foydalanish hamda anʼanaviy kataloglar bilan ishlash tartibi tushuntirildi. Shuningdek, fondlarni saqlash xizmatida kitoblarni to‘g‘ri joylashtirish, ularni asrash va hisobga olish jarayonlari haqida tushunchalar berildi. ✔️Bundan tashqari, oʻquv zali xizmatlarida kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari va mavjud adabiyotlar bilan ishlash tartibi ko‘rsatib o‘tildi. Ekskursiya yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kutubxonadan samarali foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.