#davra_suhbati 🖥Joriy yilning 13-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Bir adib haqida suhbat” loyihasi asosida 18-maktab o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Adabiyot va mutolaa – qalb tarbiyasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔻Mazkur tadbir davomida o‘quvchilarga shoirning hayot yo‘li, boy ijodiy merosi, xalq qalbidan chuqur joy olgan she’rlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, Muhammad Yusuf ijodida Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, insoniylik va samimiyat kabi tuyg‘ularning aks etishi alohida ta’kidlab o‘tildi. 🔻Davra suhbatida ishtirokchilar shoirning mashhur she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir davomida kitob mutolaasining yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ham suhbat olib borildi. ✔️Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish hamda yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.