#davra_suhbati 🖥Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Gulzor” mahallasi xotin-qizlari ishtirokida " Kitobsevar millat" shiori ostida o'tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Xalq og‘zaki ijodida ayollar timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✔️Tadbir davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida ayollarning tutgan o‘rni, ularning mehr-muhabbat, sadoqat, sabr-toqat, matonat va donolik kabi yuksak fazilatlari yorqin ifodalangani haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan maqollar, rivoyatlar, doston va ertaklardan namunalar keltirilib, ularda ayol siymosining naqadar ulug‘ va e’zozli ekani ta’kidlandi. Shuningdek, tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi beqiyos ahamiyati, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati haqida fikr almashildi. Qiziqarli savol-javoblar, mulohazalar va kitoblar tavsiyasi orqali ishtirokchilarda mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi. ⏸Bu kabi tadbirlar barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, kitobga bo‘lgan mehrni oshirish hamda ayollar timsoliga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.