#Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat #Bibliografik_sharh 🖥2026 yil 14-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 16-maktabda o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi — Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan bibliografik sharh tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarni yozuvchining boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish, ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda milliy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan adibning mashhur asarlari, jumladan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi romanlari mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va tarixiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. ✔️Bibliografik sharh jarayonida o‘quvchilarga adib hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi tutgan o‘rni, milliy uyg‘onish davriga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli faktlar yetkazildi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, adib ijodiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlashdi. Ushbu bibliografik sharh yosh avlod qalbida kitobga mehr, adabiyotga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.