Ekskursiya

#Ekskursiya 🖥2026- yil 14 eprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 2-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari uchun qiziqarli va mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Tadbir davomida kichkintoylar kutubxona faoliyati, kitoblar dunyosi hamda ularning ahamiyati bilan yaqindan tanishtirildi. 📌Shuningdek, bolalar uchun qiziqarli ertaklar o‘qib eshittirildi, savol-javoblar va kichik o‘yinlar tashkil etildi. Bu esa ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Mazkur ekskursiya orqali tarbiyalanuvchilarda kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini shakllantirish hamda kutubxonaga bo‘lgan ilk ijobiy tasavvurlarni hosil qilish maqsad qilindi.