#Koʻrgazma 🖥2026 yil 15-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 16-maktab oʻquvchilari uchun “Yangi adabiyotlar – yangi taassurotlar” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbir kitobxonlar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni yangi nashrlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi. 🔻Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlardagi eng so‘nggi adabiyotlar — badiiy asarlar, bolalar adabiyoti hamda tarjima asarlar keng namoyish etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, ularning mazmuni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. ✔️Shuningdek, ko‘rgazma doirasida kitobxonlar bilan suhbatlar, tavsiyalar va fikr almashuvlar tashkil etilib, mutolaa madaniyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ularni ko‘proq kitob o‘qishga undadi.