Ko'rgazma

#koʻrgazma 🖥2026-yil 15-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ochiq osmon ostida “Kitobxonlik haftaligida – ma’naviyat va salomatlik uyg‘unligi” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🔻Mazkur tadbirda Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika jamoasi ham faol ishtirok etib, aholining nafaqat jismoniy, balki ma’naviy salomatligini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi. 🔻Ko‘rgazma davomida turli yo‘nalishdagi badiiy va bolalar adabiyotlari keng namoyish etildi. Kitobsevarlar o‘zlari uchun qiziqarli asarlarni tanlab, mutolaa zavqini his etdilar. ✔️Bunday tadbirlar aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📌 Kitob – tafakkur chirog‘i, sog‘lom jamiyat poydevoridir