#davra_suhbati 🖥2026-yil 15-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kitob – mitti qalblarning ulkan sirdoshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔻Tadbir davomida bolajonlarga mashhur “Bobo sholg‘om” ertagi sahnalashtirilib, qiziqarli tarzda ijro etib berildi. Ushbu ertak orqali bolalarga hamjihatlik, mehr-oqibat va birgalikda harakat qilishning ahamiyati sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Shuningdek, bolalar ertak qahramonlari obraziga kirib, faol ishtirok etdilar hamda o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar. ✔️Tadbir davomida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ertaklar orqali tarbiyaviy ahamiyatga ega g‘oyalarni singdirish maqsad qilindi.Tadbir yakunida faol ishtirok etgan bolajonlar axborot-kutubxona markazining esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.