#Kitob_taqdimoti #Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat

#Kitob_taqdimoti #Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat 🖥2026-yil 15-aprel kuni Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan"Kitobsevar millat" shiori ostida oʻtkazilayotgan Vl Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida Toshkent mahallasida joylashgan 6-maktab bilan hamkorlikda taniqli adib O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” nomli asari yuzasidan kitob taqdimoti tashkil etildi. 💭Tadbir davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan hayotiy g‘oyalar hamda insoniylik fazilatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kitobxonlar o‘rtasida qizg‘in suhbat va savol-javoblar tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. 📎Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi.