#Yoshlar_kuni

#Yoshlar_kuni 🖥Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan 20-maktab o‘quvchilari ishtirokida “Yoshlar — kelajak bunyodkori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔻Tadbir davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, bilim olish, kitobxonlik madaniyatini oshirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish masalalari haqida atroflicha fikr almashildi. Mutaxassislar tomonidan yoshlarni mustaqil fikrlashga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undovchi tavsiyalar berildi. ✔️Shuningdek, kutubxona fondidagi yangi adabiyotlar bilan tanishtirilib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Davra suhbatida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, faol ishtirok etdilar. Mazkur tadbir yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish, ularni bilimli, zukko va tashabbuskor shaxslar etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.