#Mahorat_darsi

#Mahorat_darsi 🖥Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari tomonidan " Kitobsevar millat" shiori ostida o'tkazilayotgan VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitobxonlarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘rganamiz” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. 🔻Mazkur mahorat darsidan ko‘zlangan asosiy maqsad kutubxona xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish hamda xizmat sifatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga kitobxonlar bilan samarali muloqot qilish, ularning axborotga bo‘lgan ehtiyojini tezkor aniqlash va qondirish, elektron resurslardan unumli foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. 🔻Shuningdek, mahorat darsida xizmat ko‘rsatish madaniyati, kitobxonlarga individual yondashuv, zamonaviy kutubxona xizmatlarini joriy etish hamda innovatsion usullardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirdilar. ✔️Tadbir yakunida bunday mahorat darslarini muntazam ravishda tashkil etish, kutubxona xodimlarining malakasini oshirish orqali kitobxonlarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi