#Asarlardan_parcha

#Asarlardan_parcha Hurmatli kitobxonlar‼️ E’tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo‘lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz. ✍🏼 J. R. R. Tolkin 📚 Uzuklar hukmdori 🖇️ “All we have to decide is what to do with the time that is given us.” 📚 Jahon adabiyotining durdonalaridan biri hisoblangan ushbu epik asar yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi abadiy kurashni tasvirlaydi. Asarda markaziy qahramon Frodo Baggins zimmasiga ulkan mas’uliyat – qudratli uzukni yo‘q qilish vazifasi yuklanadi. Ushbu yo‘lda u ko‘plab sinovlar, xiyonat va xavf-xatarlar bilan yuzma-yuz keladi. ✨ Asar uch qismdan iborat: “Uzuk birodarligi”, “Ikki qal’a” va “Podshohning qaytishi”. Har bir qismda voqealar yanada keskinlashib, qahramonlarning ichki dunyosi va ruhiy kurashlari chuqur ochib beriladi. 💭 Ushbu asar o‘quvchini jasoratli bo‘lishga, do‘stlikni qadrlashga, og‘ir vaziyatlarda ham to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undaydi. Eng muhimi, har bir inson o‘z hayotida muhim qarorlar qabul qilish mas’uliyatiga ega ekanini eslatadi.