#Viktorina_oʻyinlari

#Viktorina_oʻyinlari 🖥“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasida joriy yilning 16-aprel kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida “Jadidlar izidan” kitobxon klubi a’zolari ishtirokida viktorina savol-javoblari hamda "Kvest" o‘yinlari tashkil etildi. ✍️Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar va kitobxonlar orasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. ✍️Tadbir davomida ishtirokchilar qiziqarli savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, kvest o‘yinlari esa ularning jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash va mantiqiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Bellashuvlar faol, jonli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. ✔️Yakunda faol ishtirok etgan kitobxonlar rag‘batlantirildi.