#Fleshmob #Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat 🖥"Kitobsevar millat" shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 2026 yil 16-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Mazkur haftalik doirasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlar orasida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida fleshmob tashkil etildi. 💭Fleshmob davomida ishtirokchilar tomonidan o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidan parchalar ifodali tarzda o‘qib berildi. Mazkur tadbir yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy tafakkurini rivojlantirish hamda milliy adabiyotimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.