#Kitobxon_onalar_kuni

#Kitobxon_onalar_kuni 🗓“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida joriy yilning 17-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Ayol ilmli bo‘lsa — millat ilmli bo‘ladi” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. 📎Mazkur tadbirda kitobxon onalar, mahalla faollari, hamda yoshlar ishtirok etdi. Kecha davomida ayollarning jamiyat va oila hayotidagi muhim o‘rni, farzand tarbiyasida kitob mutolaasining ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir jarayonida she’rlar o‘qildi, adabiy chiqishlar va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlandi.