#Yopilish_marosimi #Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat

#Yopilish_marosimi #Kitobxonlik_haftaligi #Kitobsevar_millat 🖥“Kitobsevar millat” shiori ostida tashkil etilgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida 2026 yil 17-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida haftalikning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hafta davomida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, adabiy kechalar, ko‘rgazmalar hamda turli tanlovlar sarhisob qilindi. Yopilish marosimida kitobxonlikni keng targ‘ib etishda faol ishtirok etgan kitobxonlar, yoshlar va hamkor tashkilot vakillari alohida e’tirof etildi. Eng faol kitobxonlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 📎Tadbir davomida kitobning inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, yosh avlodni bilimli va tafakkurli qilib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kelgusida kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.