#Kitobxon_ona_kitobxon_bola #davra_suhba

#Kitobxon_ona_kitobxon_bola #davra_suhba 📚​Joriy yilning 20-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan  tumandagi 1- maktabda "Kitobxon ona — kitobxon bola" rukni ostida oilaviy mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi. 🎯​Tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda kitobxonlikni targ‘ib qilish, onalarning intellektual salohiyatini oshirish hamda farzand tarbiyasida kitobning o‘rnini beqiyos ekanligini ta’kidlashdan iborat bo‘ldi. ​"Kitob — nafaqat bilim manbai, balki ona va bola o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prikdir. Kitobxon onadan kitobxon bola tarbiya topadi". ​Tadbir yakunida onalar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kutubxona markazi tomonidan tavsiya etilgan yangi adabiyotlar bilan tanishdilar.