Amaliy va uslubiy yordam

#Amaliy_uslubiy_yordam 🗓2026-yil 21-aprel kuniMirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Tashrif davomida kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, hujjatlarni to‘g‘ri yuritish hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Jumladan, inventar kitobi, jamlanma hisobga olish daftari, kitobxonlar kundaligini to‘g‘ri yuritish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi. 📎Shuningdek, kitob fondini tartibga keltirish, yangi adabiyotlarni joylashtirish, kitoblarni mavzular kesimida tizimlashtirish hamda kitobxonlar bilan ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha amaliy ko'rsatmalar berildi. Tashrif davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish yuzasidan ham tavsiyalar berildi.