#Koʼchma_kutubxona 🖥Joriy yilning 21-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan" Ipak yo‘li "mahallasi hududida joylashgan 4-umumta’lim maktabi kutubxonasida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. 📣 Mazkur sayyor tadbir doirasida ko‘chma kutubxona fondi foydalanuvchilarning talab va istaklariga muvofiq ravishda yangilanib, turli yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. 🔺 Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilar va mahalla aholisida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. ✅ Sayyor tadbir davomida yangi kelgan adabiyotlar targ‘ib qilinib, kitobxonlarga ularning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi. Ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan ta’minlandilar. ✔️ Bunday tashabbuslar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etadi.