#Bibliografik_sharh 🗓Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 3-maktabda o‘zbek bolalar adabiyotining zabardast vakili Xudoyberdi To‘xtaboyev asarlariga bag‘ishlangan bibliografik sharh tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh kitobxonlarda kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni badiiy adabiyot, xususan, bolalar yozuvchilari ijodi bilan yaqindan tanishtirish hamda mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. ✔️Bibliografik sharh davomida o‘quvchilarga yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Shuningdek, uning mashhur va sevimli asarlari, jumladan, bolalar orasida keng ommalashgan qiziqarli sarguzasht va kulgili voqealarga boy kitoblari haqida batafsil tanishtirildi. Har bir asarning mazmuni, tarbiyaviy ahamiyati va o‘quvchilar uchun beradigan saboqlari sodda va tushunarli tarzda izohlandi.