Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 22-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 18-maktab ingliz tili o'qituvchisi Yaneshea Princy va faol o'quvchi yoshlar ishtirokida Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan “Qatag‘on qurbonlari — xotira va ibrat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔺Tadbirning asosiy maqsadi — qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyati orqali yosh avlod qalbida tarixga hurmat, vatanparvarlik va milliy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 🔺Davra suhbati davomida qatag‘on davrining og‘ir va murakkab kechgan sahifalari, minglab begunoh insonlarning taqdiri, ularning ilm-fan, adabiyot va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan bo‘lishib, tarixiy xotirani asrash muhimligi yuzasidan fikr almashdilar. ✔️Shuningdek, tadbir doirasida qatag‘on qurbonlari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, foydalanuvchilarga tavsiya etildi. Mazkur davra suhbati ishtirokchilarda tarixiy xotiraga sadoqat, o‘tmishdan saboq olish va bugungi tinch hayotning qadriga yetish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.