#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 23-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida, 23-aprel — Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan "Mualliflik huquqi-ijodkor mehnatining himoyasi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 🔺Mazkur tadbirda Mirzachôl tuman Adliya bólim mas'ullari, kutubxona xodimlari hamda faol kitobxonlar ishtirok etib, mualliflik huquqi, intellektual mulkni asrash, kitob va ijod mahsulotlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Suhbat davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, muallif mehnatini qadrlash, asarlarni noqonuniy tarqatishning salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. ✔️Tadbir yakunida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mualliflik huquqlariga hurmat bilan yondashish har bir insonning muhim burchi ekanligi alohida ta’kidlandi hamda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.