#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 27-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va faollikni oshirish maqsadida “Jamiyat barqarorligiga tahdid” shiori ostida "Shaffoflik va adolat-barqaror jamiyat asosi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralarini kuchaytirish, halollik va ochiqlik tamoyillarini qaror toptirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda jamoaviy hamkorlik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash muhim omil ekanini qayd etdilar. Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida doimiy targ‘ibot ishlarini olib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.