#Mirzacho‘l_tumani 🇺🇿🤝🇰🇿 Xalqaro delegatsiya Mirzacho‘lda

#Mirzacho‘l_tumani 🇺🇿🤝🇰🇿 Xalqaro delegatsiya Mirzacho‘lda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidagi “Farab” ilmiy universal kutubxonasi vakillaridan iborat delegatsiya Mirzacho‘l tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlarning tashrifi Gagarin haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Tashrif davomida mehmonlar hamda tuman axborot-kutubxona markazi, soha mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, kutubxonachilik yo‘nalishida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashrif hududlar o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, sohada ilg‘or tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.