#Mirzacho‘l_tumani 📚 Tashrif doirasidagi tadbirlar Mirzacho‘l tumanining muhim ijtimoiy va madaniy maskanlarida davom etdi

#Mirzacho‘l_tumani 📚 Tashrif doirasidagi tadbirlar Mirzacho‘l tumanining muhim ijtimoiy va madaniy maskanlarida davom etdi Xalqaro delegatsiyaning Mirzacho‘l tumaniga tashrifi davomida tadbirlar “O‘lkashunoslik” hamda “Koinot” muzeylarida davom etdi. “O‘lkashunoslik” muzeyida mehmonlar hududning qadimiy tarixi, milliy qadriyatlari va boy madaniy merosini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, tarixiy hujjatlar, maishiy buyumlar, milliy liboslar hamda o‘tmish hayot tarzini yoritib beruvchi namunalarga alohida qiziqish bildirildi. “Koinot” muzeyida esa ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi eksponatlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda kosmos, astronomiya va ilmiy tadqiqotlarga oid ko‘rgazmalar, modellar hamda interaktiv vositalar orqali tashrif buyuruvchilarga keng ma’lumotlar berildi. Mazkur tashrif doirasida mehmonlar muzeylar faoliyati, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati bilan yaqindan tanishib, o‘zaro tajriba almashdilar. Bunday uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.