📌 Ezgu niyat maydoni – ma’naviy uyg‘onish timsoli Tashrif buyurgan mehmonlar Mirzacho‘l tumanidagi “Ezgu niyat maydoni”da bo‘lishib, mazkur majmuaning barpo etilishidan ko‘zlangan ezgu maqsadlar, uning g‘oyaviy-badiiy mazmuni hamda bugungi kundagi ma’naviy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Majmua hududida yaratilgan kompozitsiyalar orqali mehmonlarga xalqimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi Uyg‘onish — Renessans davrlari hamda ularning asoschilari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, ushbu maskanda ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat sohalarida erishgan yutuqlari, ularning insoniyat tamadduniga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida atroflicha tushunchalar berildi. Mehmonlar majmuaning yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdilar.