📌 O‘zbek-qozoq madaniyat markazida do‘stlik va hamkorlik tantanasi Tashrif doirasida mehmonlar O‘zbek-qozoq madaniyat markazida tashkil etilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari — Janat Shardarbекova, Shaxmira Bayjigitova, taniqli shoirlar Aydar Seidazym Bastarbekuly hamda Sailauhan Zholanov, shuningdek, ilmiy xodim Ulug‘bek Junisbayev va boshqa ijodkorlar faol ishtirok etdilar.