Davra suhbati

#Davra_suhbati 🖥Joriy yilning 30-aprel kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Kitob – bilim va ezgulik manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🔺Tadbir davomida jajji ishtirokchilarga kitobning inson hayotidagi o‘rni, uning foydasi hamda kitobni asrab-avaylash zarurligi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, bolajonlarga qiziqarli maqollar, topishmoqlar va ertaklar o'qib berildi. Ular o‘z navbatida she’rlar aytib, tadbirda faol ishtirok etdilar. ✔️Mazkur tadbir tarbiyalanuvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy kamolotiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.